SAT tayyorgarlik
Xalqaro universitetlarga kirish uchun SAT imtihoniga to'liq tayyorgarlik — Math va English bo'limlari bo'yicha tizimli darslar.
Kursda o'rganiladi:
- Math (Algebra, Geometry)
- Reading & Writing
- Sinov imtihonlari
BILIMNUR o'quvchilarni xalqaro va milliy imtihonlarga, olimpiadalarga hamda nufuzli maktablarga puxta tayyorlaydi. Maqsadimiz — sifatli bilimni har bir o'quvchiga yetkazish.
Zamonaviy va tizimli ta'lim orqali o'quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularni kelajak imtihonlari va kasb tanloviga ishonch bilan tayyorlash.
Asosiy tamoyillarimiz:
O'zingizga qulay formatda — jonli darslarda yoki masofadan turib bilim oling.
Imtihon va olimpiadalarda tajribaga ega, natija beradigan murabbiylar jamoasi.
Aniq maqsad, tizimli dastur va muntazam nazorat orqali real natijaga erishasiz.
Asoschilar tomonidan tayyorlangan kitob va qo'llanmalar bilan mustahkam asos.
Platformamiz asoschilari va yetakchi mutaxassislarimiz har bir o'quvchining maqsadlariga yetishishi uchun tizimli dars dasturlarini taklif qiladi.

Matematik o'qituvchi, darsliklar muallifi va xalqaro olimpiadalar murabbiysi
Sadullayev Aliy — matematika sohasida yirik tajribaga ega taniqli pedagog hamda mamlakatimizdagi o'quvchilar orasida ommalashgan ko'plab darslik va o'quv qo'llanmalarining muallifidir. Uning muallifligidagi "Mantiqiy matematika", "Kenguru xalqaro olimpiadasi masalalari"va boshqa matematika yo'nalishidagi kitoblari bugungi kunda o'quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlashni, masalalarni samarali va nostandart usullar orqali yechish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu to'plangan barcha boy bilim va tajribalarni yagona tizimga keltirish maqsadida BILIMNURplatformasiga asos solindi. Bizning darslarimiz va kitoblarimiz Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, fan olimpiadalari hamda SAT va Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotgan yoshlarimizning eng ishonchli hamkoridir.
"Matematika — bu faqatgina raqamlar va formulalar emas. Bu fikrlash madaniyati, mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Platformamiz orqali har bir yoshga kelajak cho'qqilarini zabt etishda kuchli poydevor yaratib berishga intilamiz."
— Sadullayev Aliy
Loyiha yordamchisi, matematika va ingliz tili tadqiqotchisi
Asadbek Turdimuratov — Nukus shahridagi 10-sinf maktab o'quvchisi bo'lib, hozirgi kunda BILIMNUR platformasida Aliy Sadullayevning eng faol yordamchisi va shogirdidir. U matematika va ingliz tili yo'nalishlarida yuqori natijalar ko'rsatib kelayotgan yosh tadqiqotchidir. Matematika bo'yicha ko'p karra fan olimpiadalari g'olibi bo'lgan Asadbek, o'rgangan bilimlarini tengdoshlari bilan ulashishga intiladi.
U o'zining maktab darslari bilan bir vaqtda ingliz tilidan xalqaro IELTS 6.5 va matematika bo'yicha xalqaro SAT 1320 ballik ko'rsatkichlarni zabt etgan. Hozirda u loyiha yordamchisi sifatida Aliy Sadullayev boshchiligidagi kitoblar ustida ishlashda va platforma kontentlarini tayyorlashda ko'maklashib kelmoqda.
"Matematik muammolarni hal qilish va til o'rganish — bu shunchaki qobiliyat emas, bu har kuni mashq qilinishi lozim bo'lgan go'zal san'atdir. Men ustozim Aliy Sadullayevdan o'rgangan tajribam orqali kitoblar va o'quv materiallarida foydali kontentlar yaratishga hissa qo'shishdan xursandman."
— Asadbek Turdimuratov

Sifatli ta'lim va imtihonlarda yuqori natijalar kafolati bo'lgan maxsus darslik va qo'llanmalar to'plami.
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlariga tayyorlanish uchun matematika fanidan mukammal qo'llanma.
Kenguru xalqaro matematika olimpiadasi masalalari (O'zbek va qoraqalpoq tillarida).
Prezident maktabi imtihonlari 2-bosqichi uchun qo'llanma.
Kitoblarimizni Nukus shahridagi do'konimizdan xarid qilishingiz yoki telefon orqali buyurtma berishingiz mumkin.
Bizning kurslarimiz tajribali murabbiylar tomonidan tizimli dastur asosida o'tiladi. O'zingizga mos kursni tanlang va kelajak poydevorini hozirdan quring.
Xalqaro universitetlarga kirish uchun SAT imtihoniga to'liq tayyorgarlik — Math va English bo'limlari bo'yicha tizimli darslar.
Kursda o'rganiladi:
Barcha fanlar bo'yicha olimpiadaga tayyorgarlik — matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va boshqalar.
Kursda o'rganiladi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlariga maxsus tayyorgarlik kurslari.
Kursda o'rganiladi:
Fanlardan Milliy sertifikat olishga yo'naltirilgan, imtihon formatiga mos amaliy tayyorgarlik.
Kursda o'rganiladi:
Ingliz tili va xalqaro/milliy sertifikatlar (IELTS, Multilevel) uchun til ko'nikmalarini rivojlantirish kurslari.
Kursda o'rganiladi:
Agar o'zingiz izlagan yo'nalishni topa olmagan bo'lsangiz, bizga yozing. Sizga mos dasturni birgalikda tanlaymiz.
Savollaringiz bormi yoki kurslar va kitoblar haqida ma'lumot kerakmi? Quyidagi kanallar orqali biz bilan tez bog'lanishingiz mumkin.